Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimiyat farg‘onalik 81 yashar otaxonga ko‘mak berishga va'da berdi...
Bir necha kun avval Kun.uz tahririyatiga Farg‘ona viloyati, Chimyon QFY, Archa ko‘chasida istiqomat qiluvchi 81 yoshli Kamoliddin ota Ahmedovning nabirasi maktub yo‘lladi. Unda bobosi uzoq yillar davomida qishloqdagi maktablarning birida o‘qituvchilik qilgani, yoshlarning saboq olishida o‘z hissasini qo‘shgani, hozirda nafaqada ekani-yu, ikki ko‘zi ko‘rmasligi hamda bobosining birinchi guruh nogironi ekani haqida yozgan. Bundan tashqari, maktubda ota yilda bir marotaba davolanib turishi va buning uchun maxsus sihatgohga jo‘natilishi zarurligi, aynan shu masala yuzasidan farzandlar tomonidan Farg‘ona tuman hokimligiga qilingan murojaat besh oy davomida javobsiz qolayotgani aytilgan.
Mazkur muammo yuzasidan sayt muxbiri Ahror Ziyo Kamoliddin otaning farzandi bilan suhbatlashdi. Chindan ham ularning murojaatiga ko‘p bo‘lgan. Hokimlik vakillari 2015 yilda Kamoliddin ota uchun sihatgohga yo‘llanma berib davolanishiga ko‘mak bergan. Biroq ota shifokorlar tashhisiga ko‘ra har olti oyda davolanib turishi kerak. Navbatdagi murojaatga esa e'tiborsizlik qilingan. Otaning farzandlari bir necha bor tuman hokimligiga murojaat qilishlariga qaramay, masala ko‘rib chiqilmagan. Shu sababli Kamoliddin ota Ahmedovning nabirasi Kun.uz’ga murojaat qilgan.
Muxbirimiz tuman hokimlik vakillari bilan suhbatlashganidan so‘nggina mutasaddilar otaning xonadoniga borib, holidan xabar olishgan va 3-4 kundan so‘ng mazkur muammoni hal etishga va'da berishgan. Jurnalistlarning tashabbusi bilan ota tez kunda sihatgohga yuboriladi va davolanadi. Muammo qanchalik yechim topadi? Bu haqida keyingi o‘rganishlarimizdan so‘ng ma'lumot beramiz.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026