Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda
12 iyun, dushanba kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kun tartibidagi masalalar yuzasidan respublika videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar berdi.
Soat 15:00da boshlangan videoselektor kun tartibidan joriy yilda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga - eksport qilish, qish-bahor mavsumiga zaxira tayyorlash va qayta ishlash korxonalariga xom ashyo bazasini yaratish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (takroriy ekin) ekishni tashkil qilish, shuningdek, mahalliy byudjyet daromadlarini ko‘paytirishda mavjud zaxiralardan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari o‘rin olgan.
Videoselektor yig‘ilishida Oliy Majlis palatalari rahbarlari, prezidentning davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, mamlakat shahar va tumanlari hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, IIB, prokuratura, iqtisodiyot, soliq, moliya, mehnat, pensiya, statistika, g‘azna, pochta tijorat banklari, DSENM, qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi, fermerlar kengashi raisi, kadastr, agrokimyo, neft shoxobchalari, bozorlar, dehqon bozorlari qoshidagi savdo-xarid korxonalari, gaz, elektr va suv ta'minoti korxonalari, eksportyor korxonalari rahbarlari hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan biriktirilgan iqtisodiy kompleksning barcha rahbar va xodimlari ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026