Jahon | 08:18 / 13.06.2017
7396
2 daqiqa o‘qiladi

Yana bir sud Trampning immigratsion farmonini blokladi

Foto: EPA

Ikkinchi appelyatsion sud AQSh prezidenti Donald Trampning olti musulmon davlatining AQSh hududiga kirishini taqiqlashni ko‘zda tutuvchi immigratsion farmonini blokladi. New York Times shu haqida xabar berdi

Qaror San-Frantsiskodagi To‘qqizinchi okrug sudi tomonidan qabul qilingan. Bundan avval Virjiniya shtati, Richmond shahrida joylashgan To‘rtinchi appelyatsion sud ham shunday mazmundagi qaror qabul qilgandi. 

Ma'muriyat sud taqiqlovlari ustidan Oliy sudga shikoyat qilishi haqida ma'lum qildi. 

Tramp 6 mart kuni Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning olti musulmon mamlakati fuqarolarining AQShga kirishini vaqtinchalik taqiqlovchi yangi farmonni imzoladi. Amerika ma'lumotlariga ko‘ra, bu mamlakatlar terrorchilarga yordam ko‘rsatadi, ba'zilari esa ularga boshpana beradi. Donald Tramp bunday mazmundagi birinchi farmonni 27 yanvarda, o‘z inauguratsiyasidan bir hafta o‘tib imzolagandi. Unda "qora ro‘yxat"da yetti mamlakat, jumladan Iroq ham bor edi. Farmonning ikkinchi versiyasida Iroq ro‘yxatdan olindi. 

Qator sudlar taqiqlovning kuchga kirishini to‘xtatganidan so‘ng Tramp ma'muriyati rasman Oliy sudga farmon ta'sirini tiklashni so‘rab murojaat qilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid