O‘zbekiston | 14:00 / 13.06.2017
54179
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun yana videoselektor o‘tkaziladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun sud organlarida odil sudlovni ta'minlash masalalari yuzasidan sudyalar hamjamiyati bilan muloqot o‘tkazadi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, bugun, 13 iyun kuni soat 16:00da prezident raisligida videoselektor o‘tkaziladi.

Videoselektor yig‘ilishi kun tartibiga sud organlari tizimida odil sudlovni ta'minlash borasidagi ishlar ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar kiritilgan.

yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyat, shahar va tuman hokimlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, sud sohasi faxriylari va sud xodimlari, Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari deputatlari, xalq qabulxonalari rahbarlari, xalq ta'limi bo‘limi rahbarlari, barcha kollej, litsey va maktablar direktorlari, qishloq-ovul, shaharcha va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Ushbu selektor majlisida har bir ishtirokchi muhokama etiladigan masala yuzasidan axborot berishga tayyor holda kelishi hamda yig‘ilish zaliga telefon va boshqa ovoz yozish qurilmalari olib kirmasligi talab etilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid