Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kremlda Ukrainadagi urushni kim to‘xtatishi mumkinligi aytildi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Ukrainadagi fuqarolik urushini faqatgina Kiyev Minsk kelishuvlarini bajarish orqali to‘xtatishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Narsalarni o‘z nomi bilan aytadigan bo‘lsak, bu fuqarolik urushi, uni faqatgina Ukrainaning o‘zi, faqatgina Kiyev, Minsk kelishuvlarini bajargan holda to‘xtatishi mumkin», - dedi u.
Peskov Ukrainada ko‘rib chiqilayotgan loyihaga ham izoh berdi. Unga ko‘ra, Donbassning Kiyev tomonidan nazorat qilinmayotgan hududi Rossiya tomonidan bosib olingan, deb tan olinishi mumkin.
«Uni Rossiya bosib olmagan. Rossiya hech qanday hududlarni bosib olmaydi», - deya xulosa qilgan matbuot kotibi.