Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: rus xakerlari AQShda shaharlarni chiroqsiz qoldirishi mumkin
Rus xakerlari CrashOverride nomli virusni yaratishdi, u energetik stansiya tizimiga kirsa, AQShdagi butun bir shaharni chiroqsiz qoldirishi mumkin. Bu haqda The Washington Post Dragos kompaniyasi ma'lumotlariga asosan yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, virus kompyuterga tushgach, elektr ta'minotini yetkazib berish bir necha soatdan bir necha kunga qadar to‘xtab qolishi mumkin.
Ekspertlar fikricha, virus tizimga sezdirmay kiradi va bir vaqtning o‘zida bir necha joyda ishlaydi.
Dragos hisoboti ma'lumotlariga ko‘ra, rus xakerlari zararli dasturdan o‘tgan yilda Ukraina energetika tizimlariga hujum qilish uchun foydalanishgan. Kompaniya xakerlar AQShdagi muhandislik tizimlariga ham qiziqish bildirishi mumkinligini istisno etmadi.
Mavzuga oid
10:25
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
09:56
Rossiya Tergov qo‘mitasi AZAL samolyoti halokati bo‘yicha tergovni to‘xtatdi
09:26
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishga yordam beryapti
08:40