Jamiyat | 18:09 / 13.06.2017
4363
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 76 ta yangi mehmonxona quriladi

Foto: aa.com.tr

Turkiya milliy iqtisodiyot vazirligi 2017 yilning yanvar-aprel oylarida 76 ta yangi mehmonxonani qurish rejasini ma'qulladi, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.

Ko‘rsatilgan davrda idora umumiy qiymati ikki milliard turk lirasidan ko‘proq bo‘lgan 128 loyihani amalga oshirishni ma'qulladi. Shu bilan birga, ulardan 76 tasi yangi mehmonxonalarni qurishni nazarda tutadi, qolganlari – mehmonxonalar, turistik majmualarni ta'mirlash va modernizatsiya qilish, talabalar yotoqxonalarini qurishga tegishli. Loyihalarni amalga oshirish Turkiyada 4600 ta ish o‘rnini yaratish imkonini beradi.

Turkiya milliy iqtisodiyot vazirligi tomonidan ma'qullangan loyihalarning katta qismi Antaliya viloyatida amalga oshiriladi.

Idora Antaliyada to‘qqizta, Istanbulda – yettita, Mugla, Bursa va Izmirda – beshtadan yangi mehmonxonani qurishni ma'qullagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid