Jahon | 10:12 / 14.06.2017
9877
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh birinchi marta Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘llamadi

Foto: © RIA Novosti / Ramil Sitdikov

AQSh so‘nggi 25 yilda ilk marotaba Rossiya kuni munosabati bilan RF elchixonasiga tabrik yo‘llamadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga diplomatik vakolatxona vakili Nikolay Laxonin ma'lum qilgan.

«Biz Amerika tomoni Rossiya kuni munosabati bilan tabriknoma yubormaganini tasdiqlaymiz. Bunaqas birinchi marta. Xulosa o‘zingizdan», — degan Laxonin.

Bu bayonot Amerika tashqi ishlar vaziri Reks Tillersonning Amerika-Rossiya munosabatlari xususidagi fikrlari bilan bir vaqtda yangradi. Tillerson ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar eng quyi darajada ekani va u pasayishda davom etayotganini aytgandi. 

12 iyun kuni RFda Rossiya kuni 15 marotaba nishonlandi. Bundan avval, 10 yil mobaynida Rossiya Federatsiyasi davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingan kun sifatida nishonlangan. 

Moskva shahridagi bayram tadbirlari va ommaviy sayllarda 2,5 millionga yaqin kishi qatnashdi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid