AQShda qiziga aroq ichishga izn bergan ota qamaldi
Amerikaning Pensilvaniya shtati fuqarosi o‘smir qiziga aroq ichishiga ruxsat bergani uchun 4 yilga qamaldi. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar qilmoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ota-onalar qizlarining 13 yoshga to‘lishi munosabat bilan kuchli alkogolli ichimlik xarid qilishgan. Qizlari 17 ryumka ichganidan keyin shifoxonaga yotqizilgan.
Agentlikka ko‘ra, politsiya o‘spirin qiz o‘zini yomon his qilib, hushiini yo‘qotganidan so‘ng, voqea joyiga yetib kelgan. Huquq-tartibot idoralarining ma'lum qilishicha, qizning ota-onasi hodisa joyidan yashirinishgan.
Ayblanuvchi Charlz Yangerga 12 iyun kuni hukm o‘qilgan. U sudda qizining hayotini xavfga qo‘yganini tan olgan.
Qizning onasi ham aybiga iqror bo‘lgan. Mishel Edvards 23 oyga qamalgan.
Mavzuga oid
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
07:30 / 26.09.2024
AQShning Ukrainaga yangi yordam paketi miqdori ochiqlandi
22:34 / 25.09.2024
AQShda 26 yil oldingi qotillik uchun sudlangan shaxs qatl etildi
22:31 / 25.09.2024