Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdan qochaman deb barmoqsiz qolgan migrant Kanadadan boshpana topdi
AQShdan deportatsiya qilinishdan qo‘rqib qochgan ganalik Razzoq Iyal qochqin maqomini oldi. Iyal va uning do‘sti qochish vaqtida yuzlab kilometrni piyoda bosib o‘tishdi. Iyal sovuq havo tufayli ikki qo‘lidagi barmoqlarini yo‘qotdi. BBC shu haqda xabar berdi.
"Men baribir xursandman, chunki agar Ganaga qaytsam, hayotdan judo bo‘lishim mumkin. Hozir esa bor-yo‘g‘i barmoqlarimni yo‘qotdim", - dedi Iyal seshanba kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda.
Iyal va uning do‘sti yanvar oyi boshida, AQShda migratsiya bilan kurashishga bel bog‘lagan Donald Trampning inauguratsiyasidan biroz oldinroq Kanada tomon yo‘l olishgan.
Ikki do‘st chekka shaharilardan birigacha taksida yetib olishdi, uyog‘iga esa qorli dalalar bo‘ylab piyoda harakatlanishdi.
Ular Manitoba provinsiyasigacha yayov borishdi, u yerdan o‘tib ketayotgan yuk mashinasi ularni olib ketdi. Ikkisi ham shifoxonaga yetkazildi.
Manitobadagi Kanada migratsion idorasining bo‘limi vakili migrantlar topilgan Emerson shahrida qishda harorat Tselsiy bo‘yicha 18 darajaga yetishi mumkinligini ta'kidladi.
Iyalaning so‘zlariga ko‘ra, vatanida unga hukumat tahdid qiladi, shu bois unga qochqin maqomi berildi. U mahalliy OAVga bergan intervyusida Gana hukumati ta'qibidan shikoyat qilgan.
Iyala va uning do‘sti Manitobadan topilib, ularning tarixi matbuotda yoritilgach, Emerson shahri chegarasidan yana bir necha yuz kishi o‘tgan.
Iyun oyida Kanada chegarasidan bir kilometr narida sobiq Gana fuqarosi Mevis Otutayning jasadi topilgan, u AQShda muddati o‘tgan viza bilan yashab kelayotgan bo‘lgan va Torontoga qochayotgan bo‘lgan.