Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning vakillari ayblovlarni rad etdi
«Real»ning soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanayotgan hujumchisi Krishtianu Ronaldu advokati Lobo Xaverning ma'lum qilishicha, uning mijozi daromadlarini yashirmagan. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Krishtianu bilan bog‘liq vaziyatni «Barselona» forvardi Lionel Messi mashmashasi bilan taqqoslash noto‘g‘ri.
«Daromadlar yashirilmagan, deklaratsiya bor edi, u qandaydir sabablar tufayli ispan soliq boshqarmasiga yoqmagan. Biroq hech bitta qonun yoki norma o‘yinchi nimanidir buzganini belgilab bera olmaydi.
Messi va soliq idorasi ta'qib etgan boshqa o‘yinchilar bilan bog‘liq holatlar umuman boshqa, sababi ular hech narsani deklaratsiyadan o‘tkazishmagan. Ronaldu esa, uning ishini surishtiruvdan o‘tkazishni boshlaganlariga qadar, daromadlarning o‘zi kerakli, deb hisoblagan qismini deklaratsiyadan o‘tkazdi», - deya Xaverning so‘zlarini keltiradi Cadena Ser.
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi 2011-2014 yillar davomida 14,7 mln yevrolik soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda. Xususan, matbuotning xabar berishicha, futbolchi buni 2010 yilda tashkil etgan jamoat tashkiloti yordamida qilgan. Ronaldu imidj huquqlaridan olgan pullarni ham to‘lamaslikda ayblanmoqda. Umumiy hisobda o‘yinchi Ispaniya soliq organlariga qarshi to‘rtta jinoyatda ayblandi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026