Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhshunoslar yolg‘izlik insonga qanday ta'sir qilishini aniqlashdi
Foto: Google Images
AQShning Chikago universiteti olimlarining xulosalariga ko‘ra, yolg‘izlik insonda egosentrizm* hissini kuchaytiradi. Bu tadqiqot natijasi EurekAlert! ilmiy yangiliklar portalida qisqacha e'lon qilindi. Maqolaning to‘liq matni Personality and Social Psychology Bulletin jurnalida e'lon qilingan.
Yolg‘izlik va egosentrizm o‘rtasidagi aloqalarni o‘rgangan ekspertlar 11 yil mobaynida 50-68 yoshdagi 229 ishtirokchini kuzatishgan.
Chikago universiteti ruhshunoslariga ko‘ra, bu holatning aks holati ham mavjud. Chunki, egosentrizm, o‘z navbatida, insoniy yolg‘izlikka sabab bo‘ladi.
"Yolg‘izlik xudbinlikka sabab bo‘lishini kutish mumkin edi, ammo aks ta'sir bo‘lishi biz uchun haqiqiy kutilmagan yangilik bo‘ldi", — deya qayd etgan tadqiqot mualliflaridan bor.
*Egosentrizm (qad.grekcha. Εγώ — «men» va lotincha centrum — «doira markazi») — shaxsning o‘z fikridan boshqa g‘oya, qarashni e'tiborga molik deb baholash qobiliyatiga ega bo‘lmasligi yoki xohlamasligi. O‘z nuqtai nazarini yagona mavjud fikr deb bilishi, xudbinlik.
Mavzuga oid
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
11:04 / 23.12.2025