Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 408-rusumidagi ilk qurilish kranini qabul qilib oladi
O‘zbekiston buyurtma qilgan, Rossiyaning Nyazepetrovsk shahrida (Chelyabinsk viloyati) joylashgan "LMZ" MChJda ishlab chiqarilgan KB-408 qurilish kranining birinchisi O‘zbekistonga jo‘natildi.
Bu qurilish kranini tashish uchun 6 ta temir yo‘l platformasi talab etildi. Ushbu buyurtma nafaqat Nyazepetrovsk mashinasozlarini, balki temir yo‘lchilarini ham ish bilan ta'minladi. Zavod sexida O‘zbekiston buyurtmasini bajarish ustida qizg‘in ish bormoqda, transportchilar esa zavodni platformalar bilan ta'minlab turishibdi.
Ushbu buyurtma doirasida SMK-10.200 (408) va SMK-10.215 (403) seriyasidagi 20 ta qurilish krani ishlab chiqariladi.
KB-408 qurilish krani 57,8 metrgacha balandlikdagi turar-joy binolari va fuqarolik inshootlarini qurishda yuk ko‘tarish ishlarini bajarishda qo‘llanadi. Kran 10 tonnagacha yuk ko‘tara oladi. Kran relsda yuruvchi to‘liq buriluvchi qurilish kranlari sinfiga kiradi hamda qurilish detallari va materiallarini gorizontal va vertikal holatda tashishni ta'minlaydi. Kran bir qurilish obektidan ikkinchisiga bo‘laklangan holda tashiladi hamda avtomobil krani va o‘z mexanizmlari yordamida montaj qilinadi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026