Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Turkiyadagi mehmonxona xodimlarining sayyoh bilan mushtlashuvi
Turkiyaning Marmaris kurortidagi mehmonxona xodimlari binodagi yong‘indan keyin xasta sayyoh ayol va uning qarindoshi bilan janjallashib ketishdi. Ushbu voqea Pineta Park Deluxe mehmonxonasidagi boshqa sayyohlar tomonidan videoga olindi. Daily Record shu haqdagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
12 iyunga o‘tar kechasi Pineta Park Deluxe mehmonxonasining beshinchi qavatida yong‘in chiqdi. Buyuk Britaniyadan dam olgani kelgan mehmonlar binoni tark etishdi. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi. Shundan so‘ng beshinchi qavatda yashagan sayyohlar o‘z kiyim-kechaklarini olib, mehmonxonani tark etish uchun yuqoriga ko‘tarilishgan, biroq Pineta Park Deluxe xodimlari tomonidan hujumga yo‘liqishgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxona xodimlari o‘pka transplantatsiyasi o‘tkazilishi kutilayotgan, shu bois nafas olish uchun maxsus apparatdan foydalangan ayolga hujum qilishgan. Pineta Park Deluxe'ning bir necha ishchisi sayyoh ayolning yonini olgan qarindoshi bilan mushtlashib ketishgan. Natijada erkakning qulog‘ini tikishga to‘g‘ri kelgan.
Bundan tashqari, ma'lum bo‘lishicha, yong‘in bilan bog‘liq hodisadan keyin mehmonxona personali o‘nlab sayyohlarni haydagan. Britaniya TIV diplomatlar bu voqeadan xabardor ekanini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026