Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyatlarda "O‘ztransgaz" filiallari ochiladi
Xalqaro Press-klubda “O‘zbeknetfgaz: yangi davrga yangi strategiya bilan” mavzusidagi navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Moderatorlar Sherzodxon Qudratxo‘jayev va Dinara Dultayeva boshchiligida o‘tgan navbatdagi sessiya davomida ekspertlar bilan birga O‘zbekistondagi neft va gaz sohasidagi mavjud vaziyat hamda sohaning istiqbollari hamda yangi loyihalar muhokama qilindi.

"O‘zbekneftgaz" kompaniyasi tarkibiga 6 ta aksiyadorlik kompaniyasi kiradi. O‘zbekneftgaz loyihalashtirish ishlaridan boshlab geologiya-qidiruv, burg‘ulash, qazib chiqarish, neft va gazni qayta ishlash hamda iste'molchilarga yetkazish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Mutaxassislar bugungi kunda sohadagi tashkilotlarning boshqaruv samaradorligini oshirish ko‘zda tutilganini ta'kidlashdi. Qarorlar qabul qilayotganda tez qabul qilish imkoniyatini yaratish va uning samaradorligini oshirishga e'tibor qaratilayotganiga urg‘u berishdi.

Misol uchun, "O‘ztransgaz" misolida ko‘radigan bo‘lsak, bu tizimda bugungi kunda 6 ta hududda joylashgan tashkilotlarni qisqartirib, viloyatlarda "O‘ztransgaz"ning 14 ta filialini tashkil qilish rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida joylardagi gaz tizimi bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatni tezlashtirish va uning sifatini oshirish imkonini beradi.
Shuningdek ekspertlar "Neftiprodukt" AJda o‘zgarishlar kutilayotgani, ularning viloyatlardagi 24 ta bazasini 15 tagacha qisqartirish maqsad qilinganini ma'lum qilishdi.
Olib borilayotgan barcha ishlardan maqsad - neft va gaz mahsulotlarining tannarxini pasaytirish.
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025