Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bezorining boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda
2017 yil 10 iyun kuni Chilonzor tumani hududida noma'lum shaxs jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, hech bir sababsiz, fuqaro S.ning yelka qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Mazkur holat yuzasidan Chilonzor IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (ya'ni, bezorilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi jinoyati uchun sudlangan Xolmirzayev Sohibjon sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan. Unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
14:42 / 16.06.2026
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
08:28 / 11.06.2026
Pora talab qilgan profilaktika inspektorlari qo‘lga olindi
18:32 / 10.06.2026