O‘zbekiston | 18:04 / 15.06.2017
12814
1 daqiqa o‘qiladi

«Boeing» «O‘zbekiston havo yo‘llari»ni mukofotladi

«Boeing» korporatsiyasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKni Boeing 787 Dreamliner samolyotlaridan muvaffaqiyatli, avariyasiz foydalanganlik uchun mukofotladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Boeing 787 Dreamliner  yangi avloddagi samolyotlaridan o‘tgan yilning sentabr oyida foydalana boshladi. Bugungi kunda «orzular laynerlarida» Dubay, Dehli, Amritsar, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga reyslar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 27 may kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi o‘z tarixida ilk bora Boeing 787 Dreamliner’da Toshkentdan Nyu-Yorkka birinchi qo‘nishsiz parvozni amalga oshiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid