Jahon | 09:47 / 15.06.2017
8805
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar AQShdan qiruvchi samolyotlari xarid qiladi

Foto: Reuters

Qatar amirligi 12 mlrd dollarga F-15 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha bitimga erishdi. Garchi prezident Donald Tramp rasmiy Doxani terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblagan bo‘lsa-da, shunday kelishuvga erishish mumkin bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi. 

Qatar mudofaa vazirligidagi manbalarning agentlikka ma'lum qilishicha, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va Qatar vakillarining uchrashuvi 15 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Blumberg agentligiga ko‘ra, gap 36tagacha qiruvchi samolyotlar haqida bormoqda. 2016 yil noyabr oyida AQSh davlat departamenti Qatarga 21,1 mlrd dollarlik 72ta to‘rtinchi avlod F-15QA harbiy-jangovar qiruvchi samolyotlarini sotishni tasdiqlagan edi. 

9 iyun kuni Amerika prezidenti Donald Tramp Qatarni terrorizmni moliyalashtirayotganlikda ayblab, bunga chek qo‘ish vaqti kelganini aytgandi.

Undan avvalroq, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgan va ushbu davlat bilan har qanday aloqani to‘xtatgan edi. 4 arab davlati Doxani terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishda ayblagandi. Keyinroq, Maldiv orollari, Mavrikiy, Mavritaniya ham diplomatik munosabatlarni uzgan davlatlar safiga qo‘shildi. Iordaniya va Jibuti Qatardagi diplomatik vakolatxonalari darajasini pasaytirdi. Senegal, Niger va Chad esa elchilarini chaqirib oldi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid