Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin ikkinchi nabirasi dunyoga kelganini aytdi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya prezidenti Vladimir Putin farzandlari siyosatga aralashmasligi va Moskvada oddiy hayot kechirishlari haqida aytib berdi.
"Mening farzandlarim, qizlarim, barcha mish-mishlarga qaramay, shu yerda, Rossiyada, Moskvada yashaydi. Nabiralarim ham bor. Ular ham oddiy hayot kechirishadi. Qizlarim ilm-fan, ta'lim bilan shug‘ullanadi. Hech qanday siyosatga aralashishmaydi, oddiy hayot kechirishadi", - deya ta'kidlab o‘tdi Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot davomida.
"Nabiralarga keladigan bo‘lsak, biri bolalar bog‘chasiga ham boradi", - deya qayd etib o‘tdi u nabiralari haqidagi savolga javob berarkan.
"Bilasizmi gap nimada, men, ular qandaydir “shahzodalar” bo‘lib voyaga yetishlarini istamayman, men, ular oddiy kishilar bo‘lib o‘sishlarini xohlayman. Buning uchun ularga bolalar jamoasidagi oddiy muloqot talab etiladi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nabiralari ismini aytadigan bo‘lsa, ularni “tinch qo‘yishmaydi”.
Mavzuga oid
23:06 / 26.12.2025
Rojdestvoda o‘lim tilagi: toqatsizlik nafratga aylandi
21:44 / 26.12.2025
«Rossiya Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni berib yuborgan». AQSh Putin va Bushning muzokaralari rasshifrovkasini maxfiylikdan chiqardi
16:39 / 26.12.2025
Urbi et Orbi: Lev XIV Rossiya va Ukrainani muloqotni boshlashga chaqirdi
15:54 / 26.12.2025