Konte va «Chelsi» o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi
«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte rahbariyat bilan o‘rtada yuzaga kelgan ziddiyat tufayli jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Itala xabar tarqatgan.
Italiyalik mutaxassis o‘zining transfer maqsadlari amalga oshirilmayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Mirror nashri biroz avvalroq «Chelsi»rahbariyati bilan bog‘lanib, bu mish-mishlarni inkor qilgan edi. Ammo Sky Sport Italia «vaziyat taxmin qilinganidan ham jiddiyroq» ekani haqida yozmoqda. Kontening o‘rniga nomzodlar ham aytilmoqda. Ulardan biri - o‘tgan mavsumda «Borussiya»ni boshqargan Tomas Tuxel.
Yaqin vaqtlar ichida Konte va «Chelsi» rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi va masalaga oydinlik kiritilishi, yakunda Konte iste'foga chiqishi ham mumkin.
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024