Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Real»dan ketmoqchi, Peres bundan xabardor
«Real»ning portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu mojarolar girdobida qolgani tufayli Ispaniyada qolishni istamayapti.
A Bola xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi iyul oyidayoq Ispaniyadan ketmoqchi. U prezident Florentino Peresga jamoaga muhabbatiga qaramasdan Konfederatsiyalar kubogidan keyin jamoadan ketish istagida ekani haqida bildirgan. Bu Ispaniyadagi prokurorlar Ronalduni soliqlarni to‘lamagani yuzasidan ko‘p bezovta qilayotgani bilan bog‘liq.
Ispaniya prokuraturasi ushbu futbolchi 2011 yildan 2014 yilgacha hukumatga 14,7 million yevro miqdorida soliq to‘lamagani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Matbuotda Ronaldu o‘z imij huquqi orqali topilgan mablag‘larni 2010 yilda o‘zi tomonidan tashkil etilgan fond orqali yashirgani haqida yozilmoqda. Futbolchi Ispaniyadagi huquq-tartibot organlari tomonidan jami 4ta jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda va unga bu uchun 5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Mavzuga oid
12:17 / 03.07.2026
JCh kundaligi. Ronalduda tarixiy gol, Modrichda alamli yakun
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026