Jamiyat | 12:18 / 16.06.2017
120419
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda dahshatli YTH ro‘y berdi

2017 yil 15 iyun kuni soat 19:30 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, KHAY ko‘chasida joylashgan “Grand Nur” mehmonxonasi qarshisida fojyeali yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBBning xabar qilishicha, haydovchi Olmazor tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan N.A. “MATIZ” rusumli transport vositasini boshqarayotib, piyoda Olmazor tumanida yashagan, 2013 yilda tug‘ilgan Q.F.ni urib yuborgan. 

Natijada piyoda tan jarohati olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va 16 iyun kuni soat 01:00 da ushbu shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Tahririyatdan: Hurmatli ota-onalar doimo hushyor bo‘ling! O‘z farzandingizni nazardan chetda qoldirmang! Yuqoridagi fojyeali holatlar yuz bermasligi uchun har bir inson ko‘chada, yo‘lda harakat qilayotganda, ketayotganda diqqatni bir joyga jamlashi, transport vositasini boshqarayotgan chog‘da boshqa ishlarga chalg‘imasligi kerak.

Mavzuga oid