2017 yil 15 iyun kuni soat 19:30 larda, Toşkent şahar, Olmazor tumani, KHAY köçasida joylaşgan “Grand Nur” mehmonxonasi qarşisida fojyeali yöl-transport hodisasi yuz berdi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBBning xabar qilişiça, haydovçi Olmazor tumanida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan N.A. “MATIZ” rusumli transport vositasini boşqarayotib, piyoda Olmazor tumanida yaşagan, 2013 yilda tuğilgan Q.F.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda tan jarohati olib Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan va 16 iyun kuni soat 01:00 da uşbu şifoxonaning jonlantiriş bölimida vafot etgan.
Tahririyatdan: Hurmatli ota-onalar doimo huşyor böling! Öz farzandingizni nazardan çetda qoldirmang! Yuqoridagi fojyeali holatlar yuz bermasligi uçun har bir inson köçada, yölda harakat qilayotganda, ketayotganda diqqatni bir joyga jamlaşi, transport vositasini boşqarayotgan çoğda boşqa işlarga çalğimasligi kerak.











