Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 23 nafar harbiy umrbod ozodlikdan mahrum etildi
Turkiyada sud 2016 yilning iyulidagi harbiy to‘ntarishga urinishda ishtirok etganlikda gumonlangan 23 harbiyni umrbod ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Bu haqda Anadolu suddagi manbaga asosan xabar bergan.
Manba so‘zlariga ko‘ra, sud 18 kishini umrbod ozodlikdan mahrum etgan va 12 yillik qamoqqa hukm qilgan bo‘lsa, yana besh nafar harbiy – umrbod ozodlikdan mahrum etildi va 10 yillik qamoqqa mahkum etildi.
Ta'kidlanishicha, bu Anaqarada harbiy to‘ntarishga urinish ishi yakunlari bo‘yicha ilk sud qaroridir. Ishlarni ko‘rib chiqish 22 may kuni boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya hukumati harbiy to‘ntarishga urinishni muxolifatchi Fathulloh Gulen va uning FETO tashkiloti tarafdorlari tashkillashtirgan, deb iddao qilmoqda.
Ayblanuvchilar orasida esa – Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning sobiq harbiy maslahatchisi Ali Yozichi ham bor.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026