Sport | 17:24 / 16.06.2017
7012
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov Xitoyga qarshi o‘yingacha jarohatidan tiklanishi kutilmoqda

Foto: O‘FF matbuot xizmati

Moskvaning «Lokomotiv» klubi safida jarohat olib, operatsiya qilingan O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov milliy terma jamoaning 31 avgust kuni Xitoyga qarshi kechadigan JCh–2018 saralashi doirasidagi uchrashuvga qadar tiklanishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

30 yoshli himoyachi jarohati sabab milliy terma jamoa safida Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini va Eronga qarshi JCh–2018 saralash bosqichi uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. Ayni vaqtda u shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi va tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.

Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, Denisov 31 avgustgacha jarohatidan tuzaladi hamda Xitoy bilan o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Vitaliy Denisov JCh–2018 saralash bosqichidagi Suriya va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘yinlarni ham qo‘yib yuborgandi. 

Mavzuga oid