Jahon | 13:30 / 17.06.2017
5181
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada pochta operatori muhojirlar yashovchi tumanga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortdi

Foto: Depositphotos

Daniyaning Postnord pochta operatori Odense shahridagi Vollsmos tumaniga xizmat ko‘rsatishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu qaror ushbu tumanda jinoyatchilik darajasi oshib ketgani bilan tushuntirilgan.

The Local’ning xabar berishicha, bunday qaror qabul qilinishiga ikki nafar pochta ishchisiga qilingan tahdid, shuningdek, ushbu tumanda pochta operatoriga tegishli mashinaga uyushtirilgan hujum sabab bo‘lgan.

«Biz xodimlarimiz xavfsizligiga katta e'tibor qaratishga qaror qildik», - dedi pochta tashkiloti vakili Maykl Frelix.

Nashrning ta'kidlashicha, Daniyada Vollsmos tumani jinoyatchilik va ishsizlik darajasining balandligi bilan mashhur. Qayd etilishicha, bu yerda asosan muhojirlar yashaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid