Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi qo‘riqxonada it yo‘lbars bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi
Xitoyning Shandun provinsiyasida it tashlab ketilgan to‘rt yo‘lbars bolasiga enagalik qilmoqda. Bu haqida People.cn saytida xabar berildi.
Sisyakou tabiiy park ishchilari yemishsiz qolgan yo‘lbars bolalarini shu qo‘riqxonada yashovchi, yaqindagina kuchukchalarni dunyoga keltirgan it bilan bir joyga joylashdi. Jonivor ularni qabul qilib, o‘zining ikki kuchukchasi bilan birga oziqlantira boshladi.
Gap shundaki, ikki tillarang va ikki oq yo‘lbars bolalari yemishsiz qolishi mumkin edi, chunki iyun oyida ularni dunyoga keltirgan ikki yo‘lbars bolalariga g‘amxo‘rlik qilishdan bosh tortdi.

Manbaga ko‘ra, tillarang yo‘lbarslar noyob jonivor turlariga kiradi va yovvoyi tabiatda kamdan-kam uchraydi. Oq yo‘lbarslar ham noyob hisoblanadi, biroq boshqa jihatlariga ko‘ra: ularning rangi - tug‘ma mutatsiya natijasi. Bunday turdagi yo‘lbarslar 10 mingtadan birgina holatda duyoga keladi.
Mavzuga oid
18:04 / 03.11.2025
Ayfon narxiga “aqlli it”: Xitoyda Rover X1 robot iti taqdim etildi
22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi
14:52 / 24.03.2025
Toshkentda yosh qizaloqni muttasil kaltaklab kelgan enaga ozodlikdan mahrum qilindi
12:53 / 03.03.2025