Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda birdaniga 31 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Foto: EPA
Qohira jinoiy sudi mamlakat bosh prokurori Hishom Barakotning ikki yil avval o‘ldirilishi bo‘yicha ishda ayblangan 31 kishi hujjatlarini mamlakat oliy muftiysiga ko‘rib chiqish yubordi. Bu haqda Misr televideniyesi xabar berdi.
Misrdagi yuridik amaliyotga muvofiq, o‘lim jazosi haqida yakuniy qaror chiqarilgunga qadar, u muftiy tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘ladi.
Yakuniy hukm 22 iyul kuni e'lon qilinadi. O‘sha kuni qolgan sudlanuvchilar ustidan sud qarori ham chiqariladi. Ishda hammasi bo‘lib 67 kishi bor.
Ularning bari respublika bosh prokurorini o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rish va buning uchun til biriktirish, o‘qotar qurol, o‘q-dori va portlovchi moddalarni noqonuniy saqlashda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hishom Barakot 2015 yilning yozida avtomobili portlatilishi oqibatida o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid
10:21
Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
17:38 / 09.02.2026