Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Oq uy Suriyadagi harbiy amaliyotlarni kengaytirish tarafdori
Amerika prezidentining yuqori lavozimli mulozimlari Suriyadagi harbiy harakatlarni kengaytirish zarurligini uqdirmoqda. Eron va Suriyadagi Tehron qo‘llab-quvvatlayotgan guruhlarga qarshi turish uchun shunday qilish zarur. Bu haqda Foreign Policy nashri Oq uydagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Oq uyning razvedka bo‘yicha milliy xavfsizlik kengashi rahbari Ezra Koen-Uotnik va MXKning Yaqin Sharq bo‘yicha maslahatchisi Derek Xarvi, AQSh qurolli kuchlari Suriya janubida hujumni boshlashini xohlamoqda. Shunga qaramay, nashrning yozishicha, AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bu kabi g‘oyalarni bir necha marotaba rad etgan.
Mettisdan tashqari, boshqa harbiylar va mulozimlar, xususan yuqori lavozimli diplomatlar ham urushni yoqlamayapti. Ularning fikricha, bu mazkur mintaqada Eron bilan xavfli ziddiyatga olib kelishi hamda amerikalik askarlarda tahdid solishi mumkin.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026