Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Ronalduni shunchaki qo‘yib yubormoqchi emas
«Real» Alvaro Morataning «Manchester Yunayted»ga transfer qilinishi bo‘yicha jarayonni to‘xtatishi mumkin.
AS nashri xabariga ko‘ra, madridliklar klubi rahbariyati Krishtianu Ronaldu klubni tark etishi haqidagi xabar tufayli shunday qadam tashlashi mumkin. Qayd etish kerakki, Ronaldu uchun asosiy da'vogar jamoa aynan Manchester klubi bo‘lib turibdi.
Bundan oldingi xabarlarda Morata «MYu» bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgani, jamoa futbolchi transferi uchun 74 million yevro to‘lashi aytilgandi.
Yakunlangan mavsumda 24 yoshli ispanilik hujumchi «Real» safida 43 o‘yinda maydonga tushib, 20 gol urgan va 6 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ispaniya prokuraturasi tomonidan 14,7 mln yevro miqdorida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangach, Ronaldu Ispaniyani tark etishga qaror qilgan. Unga Angliya, Fransiya va Xitoydagi klublardan takliflar mavjud.
Mavzuga oid
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
12:39 / 16.03.2026
«MYu» yuqorilamoqda, «Barsa»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026