Sport | 13:25 / 17.06.2017
16056
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» o‘yinchilari Ronalduning jamoani tark etishidan maqsadini bildirishdi

Madridning «Real» jamoasi a'zolari klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq so‘nggi voqealarni e'tiborsiz qoldirishmadi. Dastlab ispan va portugal OAV Ronaldu «qirollik klubi»ni tark etishi, bu haqda allaqachon jamoa prezidenti Florentino Peresga aytgani haqida yozishdi. Keyinroq, Ronaldu bu haqda Portugaliya termasidagi safdoshlariga aytgani, uning bu qarori muhokama qilinmasligi haqida so‘zlar paydo bo‘ldi. 

Marca nashrining yozishicha, «Real» o‘yinchilari bularning barini o‘zaro muhokama qilishgan va bu borada o‘z qarashlariga ega. Xususan, ularning fikricha, Bu Ronalduning Ispaniya grand jamoasida yuqoriroq maoshga ega bo‘lish uchun strategiyasidir. Futbolchilarning ishonch bildirishlaricha, Ronaldu o‘z maqsadiga yetishsa, tinchib qoladi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid