Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya aeroportlaridan birida terror tahdidi tufayli yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi
Germaniya politsiyasi Shtutgart aeroportida Bulgaria Air aviakompaniyasi samolyotidagi 180 nafar yo‘lovchini evakuatsiya qildi. Samolyot Varnaga parvoz qilishi kerak bo‘lgan. Stuttgarter Zeitung nashri shu haqda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri chegara xizmati xodimiga samolyot bortida boshqa bir yo‘lovchi tomonidan tayyorlanayotgan terakt haqida xabar bergan. Ekipaj xabarni jiddiy xavf sifatida qabul qilib, politsiyani chaqirgan.
Yo‘lovchilar evakuatsiya qilinganidan keyin ularning yuklari maxsus o‘rgatilgan itlar tomonidan o‘rganib chiqildi. Huquq-tartibot organlari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, hech qanday xavf manbai topilmagan.
Voqea natijasida ikki erkak teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib, qo‘lga olingan. Politsiya hozircha gap haqiqiy terakt tahdidi haqida ketyaptimi yoki "muvaffaqiyatsiz hazil" haqidami - aniqlay olmadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, gumondorlarning yoshi va millatiga aniqlik kiritilmoqda.
Bild nashrida ma'lum qilinishicha, tahdid natijasida Shtutgart aeroportidagi barcha reyslar vaqtincha bekor qilingan. Hozirga kelib esa, aeroport doimiy rejimdagi faoliyatini tiklagan.
Mavzuga oid
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
18:47 / 14.06.2026