Jahon | 16:19 / 18.06.2017
9917
3 daqiqa o‘qiladi

Normand shahri meri Fransiya prezidentligiga sobiq nomzodga hujum qildi

Foto: Europe1.fr

Parijda Normandiyaning Er departamentidagi kichik shahar meri qo‘lga olindi. 55 yoshli Vensan Debrez "davlat xizmatidagi shaxsga nisbatan qo‘llangan zo‘ravonlik"da ayblanmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, bu Nikolya Sarkozi hukumatidagi sobiq vazir, Parij meri va Fransiya prezidentligiga sobiq nomzod, 44 yoshli Natali Kostyushko-Morizedir. "Kommersant" shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi. 

Bugungi kunda siyosatchi Milliy kengash saylovida ishtirok etmoqda. Hujum vaqtida u saylovchilar bilan uchrashib, ularga saylov oldi risolalarini tarqatayotgan bo‘lgan. Voqea Fransiya poytaxtining 5-okrugidagi Mober maydonida sodir bo‘lgan. O‘tib ketayotgan yo‘lovchilardan biri Kostyushko-Morize xonimning qo‘lidan risolalarni tortib olib, ularni ayolning yuziga qarab sochib tashlagan va unga qarata "la'nati burjua" deb baqirgan, shu bilan birga uning 2014 yildagi mag‘lubiyati tufayli Parij sotsialist Anna Idalgoga qolib ketganini qo‘shimcha qilgan. Shundan so‘ng u Kostyushko-Morizeni yuziga urmoqchi bo‘lgan, ayol yuzini qo‘llari bilan to‘sib, yiqilgan va boshini urib olishi natijasida hushini yo‘qotgan. 

"Qahramon" ayolni yerda qoldirib, qochib ketgan. U yaqin oradagi metroda yashiringan, biroq AFP xodimi uni suratga tushirishga ulgurgan. Kostyushko-Morize xonim miya chayqalishi bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ayolga hujum qilgan kishining qidiruvini nafaqat respublikachilar rahbarlari, balki prezident va bosh vazir ham talab qilgan. Kostyushko-Morize xonimning saylov okrugidagi raqibi, "Olg‘a, respublika!" harakati nomzodi Jil Le Jandr esa jabrlanuvchiga hamdardlik belgisi sifatida o‘z kampaniyasini vaqtinchalik to‘xtatgan.

Gumondor tezda qo‘lga olindi, politsiyaga keltirilib, so‘roq qilindi. Normandiyadagi Er departamentida joylashgan kichik shahar (41 nafar kishi yashaydi) meri Parijda yashaydi va haftada bir marta ish joyiga borib keladi. Bugun u parlament saylovlarini tashkillashtirishda qatnashishi kerak edi. 

Mavzuga oid