Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peres Ronalduning «shantajlariga uchmaydi»
«Real» prezidenti Florentino Peres jamoadan ketishni istayotgan hujumchi Krishtianu Ronalduga, ketishni istasa, ketaverishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar rahbariyati «futbolchining shantajlariga uchmaydi» va boshqa jamoadan taklif tushsa, uni sotib yuboradi.
16 iyun kuni Portugaliya terma jamoasi bilan Konfederatsiyalar kubogida bo‘lib turgan 32 yoshli futbolchi yozda jamoadan ketishi haqida ma'lum qilgandi. U o‘zining Ispaniya prokuraturasi va soliqchilar bilan mojarolari fonida klubdagilar o‘zini yetarli darajada himoya qilmayapti, deb hisoblamoqda.
Peres dushanba kuni Cope radiostansiyasi ofisiga kelib, vaziyat haqida tushuntirish berishi kutilmoqda.
Biroz oldinroq «Real» futbolchilari Ronaldu maoshini oshirib olish uchun shu gapni boshlagani haqida aytishgan, unga yangi shartnoma taklif etilsa, barchasi «tinchishi»ga ishonch bildirishgandi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025