Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Ispaniyada murabbiy maydondan olingani uchun jahl qilgan shogirdiga tashlandi
Ispaniya Segundasida ishtirok etuvchi «Ueska» jamoasi bosh murabbiyi Xuan Antonio Ankela o‘yin vaqtida o‘z futbolchisi David Lopes bilan janjallashib qoldi.
Primeraga o‘tish o‘yinlari doirasida «Xetafe»ga qarshi kechgan o‘yinning 55-daqiqasida murabbiy futbolchini zaxiraga olgach, u o‘z g‘azabini ochiq namoyish eta boshlaydi, shundan so‘ng murabbiy unga tashlanib, bosh bilan zarba beradi. Klub xodimlari futbolchini ushlab, mushtlashuv boshlanishi oldini olishadi. Bu vaqtda o‘yinda 0:1 hisobi qayd etib turilgandi, yakunda jamoa 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
«Ueska» ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra «Xetafe»ga mag‘lub bo‘ldi. Aragonliklar jamoasi Primeraga chiqa olmadi.
«Futbolchilar nima istasam, gapirishim mumkin deb o‘ylashadi. U menga noroziligini namoyish etdi, men esa unga noroziligimni ko‘rsatdim. Bu normal holat, futbolda murabbiy va futbolchi o‘rtasida birinchi marta bunday holat ro‘y berishi emas, oxirgi marta ham emas. Futbolchilarga qolsa, murabbiylar ular nima desa ham jim turishi kerak. Lekin aslida ikki tomon ham bir-birini hurmat qilishi kerak», — deya Ankelaning so‘zlarini keltirgan o‘yindan keyin As nashri.
Mavzuga oid
17:29 / 26.01.2025
«U «Siti»da ham o‘rnini topa oladi» - Husanovning bolalikdagi murabbiyi bilan suhbat
16:19 / 12.10.2024
Futbolda murabbiy nimaga kerak? Eronga qarshi futbol o‘ynamaganimiz haqida
16:57 / 29.05.2024
«Barselona» yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
15:45 / 11.05.2023