Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konfederatsiyalar kubogi: Chili Kamerun ustidan g‘alabaga erishdi
Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Konfederatsiyalar kubogining V guruhidagi 1-uchrashuvda Moskvadagi "Otkrytiye Arena" stadionida Chili va Kamerun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chililiklar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi.
Dastlabki gol 81-daqiqadagina kiritildi: Chili yarim himoyachisi Arturo Vidal yon qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga bexato yo‘lladi. Qo‘shib berilgan vaqtning 2-daqiqasida esa Eduardo Vargas Chilining ustunligini 2 to‘p farqiga keltirdi.
E'tiborlisi, Vargasning goli videotakrordan keyingina hisobga olindi. Gol kiritilgan vaziyatda yon qanotdagi hakam o‘yindan tashqari holatni qayd qilgan. Uchrashuvning bosh hakami sloveniyalik Damir Skomina videohakamlarga murojaat qilgan va ular gol qoidaga muvofiq kiritilganini qayd qilishgan.
V guruhining yana bir uchrashuvida Germaniya Avstraliya bilan bellashadi. Uchrashuv Sochidagi "Fisht" stadionida 19 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Konfederatsiyalar kubogi. B guruhi. 1-tur
Kamerun – Chili – 0 : 2
Gollar: 0:1, Vidal (81); 0:2, Vargas (90+1).
Kamerun – Ondoa, Ngade-Ngadjui, Fe, Mabuka, Teyku, Sutchin-Djum, Zambo (Mandjyek, 89), Bassogog, Mukandjo, Abubakar, Siani (Ngamale, 86).
Chili – Errera, Isla, Bosejur, Xara, Dias, Medel, Vidal, Arangis (Silva, 71), Vargas, Fuensalida (Valensiya, 64), Puch (Sanches, 58).
Ogohlantirish: Xara (66).
Mavzuga oid
18:38 / 27.10.2025
Kamerunda dunyodagi eng keksa prezident sakkizinchi muddatga qayta saylandi
20:14 / 19.09.2025
Chililik ayol o‘g‘irlangan qizlarini 45 yildan keyin topdi
16:18 / 14.07.2025
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
21:36 / 23.06.2025