Jahon | 15:11 / 19.06.2017
8704
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyada 80 ta masjid qurib beradi

Foto: Daily Mail

Turkiyaning din ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Germezning xabar berishicha, mamlakat diniy jamg‘armasi Suriyaning 4 shahrida 80 ta masjid qurib beradi. Bu haqda "Anatoliya" yangiliklar agentligi xabar berdi.

"Bu bir qadar kechikkan qadam, biroq, biz umid qilamizki, u suriyaliklarga foyda keltiradi", - deya Germezning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Uning so‘zlariga masjidlar Azaz, Jyerablus, Idlib va ar-Rayda quriladi.

"Bularning bari Suriya xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilinmoqda. Suriyaning yuz minglab aholisi mojaro yillari davomida halok bo‘ldi, millionlab kishilar boshpanasiz qoldi, bir qismi esa mamlakatdan qochishga majbur bo‘ldi", - deya aniqlik kiritdi Germez.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid