Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yirik IT-korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp 19 iyunda AQShning yetakchi yuqori texnologik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kompaniyalar rahbarlari Trampga o‘z ishlaridagi ustuvor vazifalar haqida so‘zlab berishdi.
Oq uy matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda 20 ga yaqin tadbirkor, jumladan Alphabet, Apple, Amazon, Microsoft, IBM, Intel, MasterCard va boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuvda, shuningdek, Trampning azaliy tarafdori va taniqli investor Piter Til ham bo‘lgan.
Tramp uchrashuvda yangi ish o‘rinlarini yaratish u maqsad qilgan ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini ta'kidlab o‘tgan. "Biz AQShda texnologiyalarga katta ustunlik beramiz, bu juda muhim soha. Men bunga ish o‘rinlari va boshqalar nuqtai nazaridan qarayman. Siz esa bunga boshqacharoq qaraysiz. Biroq bizning hammamiz bir fazodamiz", deb aytdi Tramp. U joriy ma'muriyat innovatsiyalarni rag‘batlantirish, soliqlarni kamaytirish va yuqori texnologik kompaniyalar xorijlik mutaxassislarni jalb qilishiga erishish niyatidaligini aytgan. Kompaniyalar rahbarlari esa Tramp tomondan ishchi vizalar berilishi tartibining qat'iylashtirilishi sohaga salbiy ta'sir qilishidan xavotirlanmoqdalar.
Tramp, shuningdek, AQSh hukumat tuzilmalarida qo‘llanuvchi texnologiyalarda infratuzilmani kiberhujumlardan yaxshiroq himoyalash va fuqarolarga yaxshiroq sifatdagi xizmatlarni taqdim qilish uchun katta o‘zgarishlar qilishga va'da berdi. Trampning aytishicha, bu choralar soliqlarni kamaytirish bilan birgalikda byudjyetga yaqin 10 yil ichida trillion dollar tejashga imkon berishini aytdi.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020