O‘rta yer dengizida 120 dan ko‘proq muhojir bedarak yo‘qoldi
O‘rta yer dengizida kema falokatga uchrashi oqibatida 120 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda 19 iyunda Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lum qildi.
"Palermoda migratsiya tashkiloti xodimlari tomonidan yig‘ilgan ma'lumotlar o‘tgan dam olish kunlari O‘rta yer dengizida kema falokatga uchrashi 126 muhojirning halok bo‘lishiga olib kelgan bo‘lishi mumkinligi haqida so‘zlamoqda", deb ma'lum qildi tashkilot vakili Flavio Di Jakomo.
Sitsiliya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, kema 16 iyunga o‘tar kechasi Liviya sohillari yaqinida falokatga uchragan. U haqda xalqaro tashkilotga qutqarilib, Palermo portiga yetkazilgan ikki sudanlik ma'lum qilgan. Sudanliklardan tashqari, yana ikki nigeriyalik ham omon qolgan. Ularning aytishicha, ular ketayotgan damlangan qayiq ortidan liviyalik muhojir tashuvchilar yetib olib, qayiqning motorini olib qo‘yganlaridan keyin u cho‘kib ketgan.
15 iyundan 18 iyungacha bo‘lgan 4 kunlik davr ichida O‘rta yer dengizida 4,5 mingdan ko‘proq muhojirga yordam ko‘rsatilgan.
Joriy yil boshidan O‘rta yer dengizidan Yevropaga 77 mingdan ko‘proq muhojir va qochqinlar yetib kelgan. Dengizni kechib o‘tish vaqtida 1828 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:40 / 08.10.2024
«Suzib yurgan megabomba»: Yevroittifoq RFdan yo‘lga chiqqan avariyaviy holatdagi kemani qabul qilishdan bosh tortdi
09:40 / 08.10.2024
Kiyev RF harbiy kemasi ishdan chiqarilganini e’lon qildi
09:10 / 30.09.2024
Tramp migrantlar «mushuk yeyishi» haqidagi yolg‘oni uchun sudga berildi
12:50 / 27.09.2024