Putinning Atambayev bilan muzokaralar haqidagi fikrlari
«Qirg‘iziston prezidenti bilan muzokaralar do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tdi», deya ta'kidlagan muzokaralar yakuni bo‘yicha o‘z fikrini bildirar ekan, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
«Chorak asr mobaynida davlatlarimiz o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlik o‘zaro hurmat, tomonlarning manfaatlari hisobga olingan holda paydar-pay ravnaq topib bordi va haqqoniy strategik sheriklik darajasiga yetishdi», — dedi Putin.
Putin Atambayevga Qirg‘iz respublikasida rus tiliga bo‘lgan e'tibor uchun tashakkur bildirdi.
«Qirg‘iziston prezidenti bu lavozimda o‘z ishini yakunlayotganidan xabardormiz. Almazbek Shershenovichga Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlari uchun amalga oshirgan ishlari, xususan, Qirg‘izistonda rus tilining rivojlanishi va uni qo‘llab-quvvatlagani uchun tashakkur bildiraman. Biz bunga yuqori baho beramiz», — dedi Putin
Rossiya va Qirg‘iziston o‘zaro savdo aylanmasidagi pasayishni yengishga muvaffaq bo‘lishdi, va 2017 yilning 1 kvartalida o‘sish 27 foizni tashkil etdi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin. Rossiya Qirg‘iziston iqtisodiyotiga beminnat yordam ko‘rsatishda davom etmoqda, dedi u.
Rossiya va Qirg‘iziston KXShT va ShHT doirasida antiterror sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirish haqida kelishib olishdi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin.
«Qirg‘izistonlik hamkorlarimiz bilan terrorizm va ekstremistik mafkuraning tarqatilishiga qarshi kurashish yo‘lida jips hamkorlik qilish borasida shartlashib oldik. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, KXShT va ShHTning maxsus tuzilmalari doirasida hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qildik», — dedi Putin.
Rossiya va Qirg‘iziston terrorchilik va uni moliyalashtirishga qarshi kurashishni kengaytiradi, deyiladi Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sherikchilik va ittifoqchilikni mustahkamlash haqidagi deklaratsiya matnida. Ushbu deklaratsiya bugun har ikki davlat prezidentlari tomonidan imzolandi.
«Tomonlar terrorchilik, uni moliyalashtirish, ekstremizmning boshqa tajovuzkorona ko‘rinishlari, turli shakldagi transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda hamkorlikni yanada kengaytirishadi», — deyiladi deklaratsiya matnida.
Rossiya Federatsiyasining Qirg‘izistonda joylashgan harbiy bazasi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlaydi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin Almazbek Atambayev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida.
«Harbiy-texnik va harbiy sohadagi hamkorlik Rossiya va Qirg‘izistonning strategik munosabatlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi... Bugun biz Qirg‘izistonda joylashgan Rossiya harbiy bazasi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda va u davlatlarimizning hamda KXShT doirasidagi barcha ittifoqchilarimizning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiladi», — dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, vakolati shu yil kuzda tugaydigan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 19 iyundan 23 iyunga qadar Rossiyada davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
12:14
Ukraina ilk bor KXDR askarini asirga oldi
20:10 / 28.12.2024
Putin «Tolibon»ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkonini beradigan qonunni imzoladi
18:30 / 28.12.2024
Putin AZAL samolyotiga «Rossiya havo hududida fizik va texnik ta’sir bo‘lgani uchun uzr so‘radi» – Ozarboyjon prezidenti sayti
17:58 / 28.12.2024