Jahon | 08:15 / 23.06.2017
9110
1 daqiqa o‘qiladi

Natsistlar Panama kanalini barbod qilishni rejalashtirgan hujjatlar oshkor qilindi

Foto: RIA Novosti / Dmitriy Znamenskiy

Chili maxsus xizmatlari Chilidagi natsist josuslari Panama kanalini barbod qilishni rejalashtirgan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi hujjatlarni oshkor qilishdi.

Panama kanali Ikkinchi jahon urushi vaqtida AQSh hukumati tomondan nazorat qilingan va ittifoqdoshlarga yuk tashish bo‘yicha muhim dengiz yo‘li hisoblangan.

"Assoshieyted Press" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Chili razvedkasi josuslik tarmog‘i yetakchilarini Valparaiso portida hibsga olganidan keyin ushbu fitnaning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Oshkor qilingan hujjatlarda Chilida Germaniya foydasiga harakat qilgan 40 ga yaqin josus qo‘lga olingani ko‘rsatilgan. Ularda shifrlash bloknotlari, radiouzatkichlar va qurollar topilgan.

Natsist josuslari kanalni ishdan chiqarishdan tashqari, Chili shimolidagi shaxtalarni minalashtirib qo‘yishmoqchi bo‘lishgan.

Mavzuga oid