Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratovda 6 yoshli bola o‘yin vaqtida singlisiga qarata o‘q uzdi
Illyustrativ foto
Saratov viloyati tergov komissiyasi Volsk shahrida 4 yoshli qizning o‘qotar quroldan yaralangani ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda. Taxminlarga ko‘ra, qizchaning 6 yoshli akasi uyda saqlanayotgan qurolni topib olgan va o‘yin vaqtida undan o‘q uzib singlisini yaralagan. Bu haqida idoraning matbuot xizmatida xabar berildi.
"2017 yilning 24 iyunida kechki payt o‘qotar quroldan yaralangan qizchaning jasadi topilgani haqida xabar kelib tushdi. Mazkur voqea bo‘yicha RFning saratov viloyati tergov idoralari tomonidan 109-modda, 1-qismiga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atildi", - deyiladi tergov komissiyasida.
Manbaga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan joyda mintaqaviy tergov boshqarmasining tajribali tergovchilari ish olib borishmoqda. Voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashga yo‘naltirilgan kompleks choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
15:26 / 05.05.2026
“Hojatxona izlab, transformatorga kirib qolgan” – Mingbuloqda tok urgan bola qo‘llaridan ayrildi
09:12 / 20.04.2026
AQShda sakkiz nafar bola otib o‘ldirildi
11:00 / 12.02.2026
Xorijlik fuqaro dalada otgan qurol olib qo‘yildi
12:05 / 11.02.2026