Jahon | 13:15 / 27.06.2017
8235
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya qirolichasi daromadi qariyb 2 barobarga oshdi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II daromadi qariyb ikki barobarga oshib, 82 mln funt sterlingni tashkil qildi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, daromad ko‘payishi hukumatning Bukingem saroyidagi ishlarga ko‘proq mablag‘ ajratgani bilan bog‘liq.

«Qirolichaning o‘tgan yilgi daromadlari 82,2 mln funtni tashkil etdi, biroq u mablag‘larni 2019 yilgacha sarflay olmaydi, sababi ko‘chmas mulkdan olgan foydasi ikki yil davomida to‘lab boriladi», - deya aniqlik kiritishgan gazetada.

O‘tgan yilda qirolichaning daromadi 42,8 mln funtga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2012 yilda - 29,1 mln edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid