Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:00 / 27.06.2017
9400
1 daqiqa o‘qiladi
«Real» yosh hujumchisini sotib yubormoqda
«Real» hujumchisi Mariano Dias «Lion» safiga borib qo‘shiladi.
Marca xabariga ko‘ra, ushbu futbolchining transferi haqida tez kunlar ichida e'lon qilinadi.
Klublar o‘zaro kelishuvga erishgani, transfer qiymati 8 million yevroni tashkil etishi aytilmoqda. U fransuz klubida shu yil yozida ketishi kutilayotgan Aleksandr Lyakazettning o‘rnini egallashi mumkin.
Dominikanalik 23 yoshli Mariano Dias yakunlangan mavsumda asosiy jamoa safida Primeraning 8 o‘yinida maydonga tushdi va bir gol urib, bir golga uzatma berdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish