Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram Rossiyada iPhone'ga eng ko‘p yuklanuvchi ilova nomini oldi
Telegram messenjeri Rossiyadagi iPhone uchun bepul ilovalar orasida bir kunda yettinchi o‘rindan birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqida App Annie ilovalar tahliliga asoslanib, "Vedomosti" xabar berdi.
Messenjer 22 iyundan 26 iyunga qadar iPhone foydalanuvchilari orasidagi mashhurlik reytingida 15-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarildi, xuddi shu vaqt ichida Android qurilmalarning Play Market ilovalar do‘konida Telegram 31-o‘rindan 20-o‘ringa ko‘tarildi.
Ta'kidlash joizki, kuni kecha "Roskomnadzor", Federal xavfsizlik xizmati (FXX) va Telegram asoschisi Pavel Durov o‘rtasida messenjerni axborot tarqatuvchi tashkilotlar reyestriga kiritish bo‘yicha kelishmovchilik yuzaga kelgandi. Ilovaning reyestrga kiritilishi uning foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni to‘plashi, ularni saqlashi va talabga ko‘ra Rossiyaning tegishli idoralariga yetkazishini anglatadi.
FXX 3 aprel kunidagi Sankt-Peterburg metrosidagi teraktni sodir etishda terrorchilar Telegram ilovasidan foydalangani haqida xabar qilganidan so‘ng "Rosreyestr" shunday tashabbus bilan chiqqan. Ilova asoschisi Pavel Durov bu maxsus xizmatlar uchun o‘z ta'sirini kuchaytirish va aholi ustidan nazorat o‘rnatish uchun bahona ekanini aytgan.
Mavzuga oid
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026