Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi kompyuter virusi Osiyoda ham tarqaldi
Foto: RIA "Novosti"
Pul talab qiluvchi Petya virusi Yevropa va AQShdagi kompyuter tizimlariga zarar yetkazgach, Osiyodagi qurilmalarda qayd etildi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Gap Hindiston va Xitoydagi tizimlar haqida bormoqda.
Avvalroq Hindistonning eng yirik konteyner porti yangi virus kiberhujumiga uchragani xabar qilingandi.
Xitoyda ham Petya virusidan zarar ko‘rilgan. Qihoo 360 Technology Co.’ning axborot himoyasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Chjen Venbinning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy buzilishlar bo‘lmagan.
Seshanba kuni "Rosneft" kompyuterlariga yo‘naltirilgan Petya shifrli virusi butun dunyo mamlakatlari kompyuterlariga ziyon yetkazgani ma'lum bo‘ldi.
Butun dunyo kompyuterlariga yangicha virus orqali hujum qilindi
Mavzuga oid
08:21 / 20.05.2026
Dunyodagi eng yirik elektr energiyasi manbalari reytingi
18:16 / 12.05.2026
AQSh butun dunyo bo‘ylab 120 ta biolaboratoriya ishini o‘rganadi
08:12 / 12.05.2026
Osiyoda yangi megaaeroport quriladi
08:35 / 27.04.2026