Yangi Zelandiya elchisi Komilovga ishonch yorliqlarini topshirdi
2017 yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yangi Zelandiyaning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ien Aleksandr Xillni qabul qildi.
Elchi Vazirga ishonch yorliqlarini topshirdi. Vazir Elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va samarali faoliyat yuritishida omad tiladi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama shakldagi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Avval 2009-2012-yillarda mamlakatda Yangi Zelandiya Elchisi sifatida akkreditatsiya qilingan Ien Aleksandr Xill hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘zining takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuvda ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida manfaatli munosabatlarni faollashtirishga imkon beruvchi savdo-iqtisodiy aloqalarning normativ-huquqiy asosini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba'zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
08:10 / 10.10.2024
TIV rahbari Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
01:09 / 10.10.2024
Yangi Zelandiyada uch yil oldin farzandlari bilan uyidan qochib ketgan ota ilk bor ko‘rinish berdi
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
14:32 / 14.09.2024