Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada yangi mojaro: mudofaa vaziri iste'foga chiqishi mumkin
Yaponiyada mamlakat mudofaa vaziri Tomomi Inada bilan bog‘liq mojaro avj olmoqda. U Tokio qonunchilik assambleyasiga saylovlarda o‘z partiyasidan bo‘lgan nomzodga ovoz berishga chaqirgan.
Seshanba kuni kechqurun vazir Tokio qonunchilik assambleyasiga hukmron Liberal-demokratik partiyadan nomzodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan saylovoldi yig‘ilishida ishtirok etdi. U o‘z chiqishi davomida o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari, mudofaa vazirligi va vazir sifatida o‘z nomidan saylovchilarni LDP nomzodiga ovoz berishga chaqirdi.
"Mudofaa va o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari vazirligi, mudofaa vaziri va Liberal-demokratik partiya nomidan sizlardan buni so‘rayman", - dedi vazir.
Qonunga ko‘ra, Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari, xuddi boshqa davlat xizmatlari kabi, siyosiy faoliyat olib borishi mumkin emas. Inadaning bayonoti esa muxolifat tomonidan qonunni qo‘pol tarzda buzish, deb baholandi. Keyinchalik u jurnalistlar oldida chiqish qilib, uzr so‘radi va o‘z so‘zlaridan voz kechganini aytdi. Uning ma'lum qilishicha, “nafaqat armiya, balki istalgan davlat idorasining neytral pozitsiyasi tabiiy holatdir”.
Inada o‘z partiyadoshlari tomonidan ham qattiq tanqid ostiga olindi. Kelayotgan yakshanba kuni Tokioda qonunchilik assambleyasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovoldi kampaniyasi ikki asosiy kuch – hukmron LDP va Tokio hokimi tomonidan tashkil etilgan “Tokioliklar – hammasidan ustun” partiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.
Ma'lumot uchun, Tomomi Inada – Yaponiya tarixida mudofaa vaziri lavozimini egallagan ikkinchi ayol kishidir.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026