O‘zbekiston | 15:33 / 29.06.2017
38924
2 daqiqa o‘qiladi

Formali kiyim-boshlarni noqonuniy kiyib yurish uchun javobgarlik kiritiladi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Formali kiyim-boshlarni tasdiqlash, tayyorlash va kiyib yurish mexanizmi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi

Ushbu qonun loyihasiga muvofiq, maxsus formali kiyim-bosh kiyib yurishi belgilangan vazirlik, idora va tashkilotlarning harbiylari va xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy hamda maxsus kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar kiyib yurganligi uchun ma'muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda. 

Majlisda ta'kidlandiki, bunday qilmish uchun ma'muriy javobgarlik belgilab qo‘yilishi mazkur sohadagi huquqiy munosabatlarning yanada tartibga solinishini ta'minlaydi, shuningdek vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish hollariga chek qo‘yish imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid