Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:13 / 29.06.2017
4043
1 daqiqa o‘qiladi
Isroilning korrupsiyada ayblangan sobiq bosh vaziri qamoqdan chiqariladi
Isroil hukumati mamlakat sobiq bosh vaziri Ehud Olmertni qamoqdan muddatdan avval ozod etish haqida qaror qabul qildi. U korrupsiya uchun jazo muddatini o‘tamoqda.
Haaretz’ning yozishicha, Olmert avf etish bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra 2 iyuldayoq ozod etilishi mumkin.
Bosh vazirga qarshi korrupsiya bo‘yicha ish 2007 yilda qo‘zg‘atilgandi – u hukumatga rahbarlik qila boshlaganidan bir yil o‘tib.
Olmetr hammasi bo‘lib bir yildan ortiq vaqt davomida qamoqda bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish